Ucell


Ucell
Download on the AppStore Click here to request a review of this app

  • App Store Info

Description

Hamisha qo‘lingiz ostidagi shaxsiy kabinetingiz. Raqamingizni va aloqa xizmatlarini boshqarish uchun “Ucell” bepul ilovasi. Barcha Ucell abonentlari uchun ilovadagi trafik bepul, hattoki barcha megabaytlar tugagan bo‘lsa ham.

- Sizning shaxsiy kabinetingiz
Istalgan joyda qoldiqlarni tekshiring, xizmatlarni faollashtiring va o‘chiring, tarifni almashtiring hamda o‘z mablag‘laringizni boshqaring.

- Hisobni qulay to‘ldirish
Telefoningiz balansini bank kartangizdan komissiyasiz, bitta harakatda to‘ldiring. Shuningdek, boshqa Ucell raqamlari hisoblarini to‘ldiring.

- Kartadan kartaga o‘tkazmalar
Humo va Uzcard bank kartalari orasida mablag‘lar o‘tkazing.

- Qo‘shimcha
Tafsilotlarni ilovaning o‘zida ko‘rib chiqing va xarajatlar tafsilotlarini elektron pochtangizga qabul qiling. Balansni hamda to‘plamlar bo‘yicha qoldiqlarni bevosita smartfon ekranida kuzatib boring.

Ilovani yuklab oling hamda barcha xizmatlarni o‘zingizga qulay joyda va vaqtda boshqaring!

What's New in Version 1.15.0

Bahor bilan birga bizning ilovamiz ham gullab va yangi qiyofa kasb etib bormoqda. 1.15.0-versiyada nafaqat barqarorlik hamda mustahkamlik ustida ishladik, balki ko‘plab yangiliklar ham qo‘shdik:
- endi ilovamiz xuddi siz kabi betakror bo‘la oladi! Yangi versiyada avatarli shaxsiy zastavkani sozlashingiz, ilovaga qo‘shilgan bank kartalarini esa o‘z kayfiyatingiz va uslubingizga moslab bezashingiz mumkin.
- biz ilova dizaynini yangiladik, u yanada yaqqolroq bo‘ldi. Megabaytlarni gigabaytlar bilan taqqoslashni yoqtiruvchilar uchun esa, «Mening tarifim» bo‘limida qulay funksiya qo‘shdik.
- imtiyozga ega maqomdagi abonentlar uchun qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroq qilish hamda roumingda chegirmalar olish funksionalini takomillashtirdik. Hamkorlarimiz takliflariga esa endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy ekrandan o‘tish mumkin.

Screenshots

Screenshot 1 of 5 Screenshot 2 of 5 Screenshot 3 of 5 Screenshot 4 of 5 Screenshot 5 of 5